O‘zbekiston | 08:50 / 28.10.2023
5059
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Butunjahon turizm tashkilotining tematik ofisi ochildi

Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti Bosh assambleyasining yubiley 25-sessiyasi doirasida UNWTO bilan hamkorlikda Tematik ofisning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Uzbektourism

Uzbektourism portali ma’lumotiga ko‘ra, tematik ofis UNWTO hamkorligida «Ipak yo‘li» xalqaro brendi loyihalari, tashabbuslari va tadqiqotlarini birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. U Ipak yo‘lida turizmni rivojlantirishga hissa qo‘shadigan turizm sohasidagi tashkilotlar va ekspertlar faoliyatini kelgusida baholash va tavsiyalar berish uchun muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan

O‘zbekistonda Butunjahon turizm tashkiloti vakolatxonasi ochilishi mamlakatning «Ipak yo‘li» mamlakatlari orasida sayyohlik bozorida yetakchi o‘rinni egallashi va sohani innovatsion rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni jalb etishi uchun zamin yaratadi.

Mavzuga oid