O‘zbekiston | 19:16 / 01.11.2023
14196
2 daqiqa o‘qiladi

Asaka tumaniga yangi hokim tayinlandi

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari tuman hokimiga aylandi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

1 noyabr kuni Xalq deputatlari Asaka tumani Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari va Andijon viloyati hokimi ishtirokidagi sessiyada tuman hokimi lavozimiga nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. 

Tuman deputatlari Nasibullo Nabiyevich Mo‘minov nomzodini Asaka tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi. 

Nasibullo Mo‘minov 1983 yilda Andijon tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida ta’lim, qurilish va hokimlik tizimlarida o‘qituvchi, bo‘lim va boshqarma boshlig‘i, rahbar o‘rinbosari hamda rahbar lavozimlarida ishlagan. 

2022 yil fevralidan buyon Andijon viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2022 yil oktyabr oyidan buyon Asaka tumanini boshqarib kelgan Bekzod Ummatov 2023 yil oktyabr oyida viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov tomonidan ishdan olingandi.

Mavzuga oid