Jahon | 22:17 / 13.11.2023
11812
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Armanistonga harbiy texnikaning birinchi partiyasini yubordi - OAV

Uning tarkibiga Bastion zirhli transportyorlari kirgani aytilmoqda. 

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Fransiya birinchi marta Armanistonga zirhli texnikani yetkazib berdi. Bu haqda Ouest-France yozdi. Gap Bastion zirhli transportyorlari haqida bormoqda - ularning jo‘natilishdan oldin olingan fotosurati nashrda keltirilgan. 

Qayd etilishicha, Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarboyjon tomonidan «chaqmoq tezligida» bosib olinishi Yerevanda xuddi shunday yo‘l bilan Ozarboyjon qurolli kuchlari Armanistonning janubiga bostirib kirish orqali o‘z Noxichevon anklavini mamlakatning asosiy hududi bilan bog‘lashi mumkinligidan xavotirga solgan. 

Yerevanga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuv haqida 3 oktyabr kuni Fransiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Katrin Kolona Armaniston poytaxtiga tashrifi chog‘ida ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya arman tomoniga harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha kelajakda shartnomalar tuzishga rozi. Undan Turkiya tomonidan qurollantirilgan Ozarboyjonga qarshi o‘zini himoya qilish uchun foydalanishi mumkin. 

Qayd etilishicha, Bastion dastlab Ukrainaga borishi kerak edi. Biroq artilleriya snaryadlari va tankka qarshi raketalardan juda yomon himoyalangan deb topildi. Transportyorlar 7,62 mm qalinlikdagi zirh bilan jihozlangan va sakkiz kishigacha bo‘lgan jangovar guruhlarni tashishga qodir.

Mavzuga oid