Laziz Qudratov Bokuda Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi
Hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 14 noyabr kuni Boku shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida sarmoyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi va o‘zaro savdo yo‘nalishlaridagi ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlikning ijobiy dinamikasi qayd etildi.
Energetika, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish, to‘qimachilik sanoati va mashinasozlik sohalarida hamkorlikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
O‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlarini tayyorlash, hududlar forumi hamda O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasidagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.
Mavzuga oid
14:37 / 13.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
21:54 / 15.10.2024
Bokuda Qorabog‘ni qayta tiklashga qaratilgan xalqaro ko‘rgazma ochildi
18:55 / 30.08.2024
“Armaniston tinchlikdan manfaatdor emas va ataylab vaqtni cho‘zmoqda” - Ilhom Aliyev
13:05 / 25.08.2024