O‘zbekiston | 08:14 / 24.11.2023
4140
2 daqiqa o‘qiladi

Oktyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Kun.uz

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘zining navbatdagi sharhida ko‘chmas mulk bozorida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qildi.

Oktyabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamaydi, oldi-sotdi bitimlari soni bir oy oldingi 23 mingtaga nisbatan 21 mingtani tashkil etdi.

Ko‘chmas mulkni sotish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 7 foizga kamaydi. Sotuvlar pasayishining eng yuqori sur’atlari Toshkent – 27 foiz, Jizzax – 19 foiz va Sirdaryo viloyatlarida qayd etildi – 15 foiz .

O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Oktyabr oyida Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi sentabr oyidagi 9,1 dollarga nisbatan 4,4 foizga oshib, 1 kvadrat metr uchun 9,5 dollarni tashkil etdi. Poytaxtning 11 ta tumanidan 10 tasida uy-joy ijarasi narxining oshishi qayd etildi.

Oktyabr oyida ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi bir kvadrat metr uchun 0,3 foizga oshdi, o‘tgan yilning oktabr oyidan buyon ikkilamchi uy-joy narxi deyarli 20 foizga oshdi.

Mavzuga oid