Sanksiyalar tufayli Rossiya 76 ta yo‘lovchi samolyotlaridan ayrilgan
Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng joriy etilgan g‘arb sanksiyalari tufayli Rossiya 76 ta yo‘lovchi samolyotlaridan ayrilgan. Bu haqda RBKga RF transport vaziri Vitaliy Savelyyev ma’lum qilgan.
«Bizni samolyotlarni tortib olish qarori bilan esankiratib qo‘yishdi. Umuman olganda, biz texnik turargohlarda turgan, chet ellarda texnik xizmat ko‘rsatilayotgan yoki qandaydir reysni amalga oshirishga hozirlik ko‘rayotgan 76 ta yo‘lovchi samolyotlaridan ayrildik. Ularni shunchaki xatlashgan», — degan vazir. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir Rossiyada 1302 ta samolyot bo‘lib, ularning 1167 tasi yo‘lovchi tashiydi.
Rossiyadagi yo‘lovchi samolyotlaning yarmidan ko‘pi xorijda ishlab chiqarilgan, Rossiya aviatashuvchlar ularni lizingga xarid qilishgan. Rossiyadagi xorijiy samolyotlarning 67 foizi Bermud orollari yoki Irlandiyada qayddan o‘tgan edi. Urush boshlangach ularning parvozga yaroqlilik sertifikatlari bekor qilingan.
Bunga javoban RF prezidenti Vladimir Putin Rossiyada xorijdan lizingga olingan samolyotlarga huquq ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat bergan. 2022 yilning martida Savelyyev milliy reyestrga 800 dan ziyod samolyot o‘tkazilganinni ma’lum qilgan edi. O‘shanta trasport vaziri «biz o‘zganing mulkini egallab oldik», degan edi. O‘tgan yilning iyunida vazir Rossiya aviakompaniyalari samolyotlarni hibsga olmaydigan 11 ta davlatga parvozlarni davom ettirishini aytgan edi.
Savelyyevning ma’lum qilishicha, Rossiya lizingga beruvchilar bilan samolyotlarni butunlay xarid qilish to‘g‘risida kelishib olishga harakat qilmoqda, lekin ular muzokaraga kirishmayapti. Vazirga ko‘ra, Rossiya samolyotlarni qaytarib bera olmaydi, chunki bu «o‘zini aviatsiyasi qoldirishni anglatadi».
Rossiyaning Ukrainga keng ko‘lamli bosqinidan so‘ng AQSh, Yevropa Ittifoqi va bir qator boshqa davlatlar o‘z osmonlarini Rossiya samolyotlari uchun yopishganini e’lon qildi; Airbus va Boeing kompaniyalari Rossiya aviakompaniyalarining samolyotlariga xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qism yetkazishni to‘xtatishdi; samolyotlarni lizingga yetkazuvchi ayrim kompaniyalar rossiyalik aviatashuvchilar bilan ishlashdan bosh tortishdi. Shundan so‘ng Rosaviatsiya mamlakatdagi aviakompaniyalarga xorijga amalga oshirilayotgan barcha yuk va yo‘lovchi tashish qatnovlarini «havo kemalarining xorijda ushlanishi yoki hibsga olinishi tahdidi yuqoriligi tufayli» to‘xtatishni tavsiya qildi.
Turkiya bojxona va savdo vazirligi Rossiya va Belarusdan 40 ga yaqin samolyotga xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyishni taqiqladi. Bu AQSh savdo vazirligining sanoat va xavfsizlik boshqarmasining eksport amaliyoti to‘g‘risidagi xatiga ko‘ra amalga oshirilgan.
Mavzuga oid
09:31
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
21:50 / 17.11.2024
Berlinda Rossiya muxolifati tomonidan uyushtirilgan urushga qarshi marsh bo‘lib o‘tdi
14:56 / 17.11.2024
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024