Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
«O‘zgidromet» 4-6 dekabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda kechasi +13…+18 daraja, 6 dekabrda +8…+13 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda kechasi +4…+9 daraja, 6 dekabrda +13…+18 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4…+9 daraja, kunduzi 4-5 dekabrda +15…+20 iliq. 6 dekabrda +13…+18 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5…+10 daraja, kunduzi +17…+22 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 dekabrda ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2…+7 daraja, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0…+5 iliq, kunduzi +8…+13 daraja bo‘ladi.