O‘zbekiston | 09:20 / 04.12.2023
11964
7 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Maldiv orollari yozdan ko‘ra yaqinroq: “Asialuxe Travel”dan sayohatchilarga qo‘llanma

Foto: Asialuxe Travel

Hind okeanida, feruza rang suvlarning iliq quchog‘ida marvarid yashiringan, u Maldiv orollari nomi bilan mashhur. Bu 1000 dan ortiq marjon orollaridan iborat arxipelag bo‘lib, ularning har biri go‘yo rang-barang dengiz mavjlarini ifodalaganga o‘xshaydi. Bu yerda oppoq qumli plyajlar palma daraxtlarining zumrad barglari bilan birlasharkan, vaqt sekinroq harakat qilayotgandek tuyuladi, bu esa sizga g‘ayrioddiy go‘zallikdan zavqlanish imkonini beradi.

Milliy turoperator ushbu maqolada orzudagi jannatmakon orolga sayohat qilmoqchi bo‘lgan sayyohlarning eng mashhur va tez-tez beriladigan savollariga javob beradi.

Maldiv orollariga qachon borgan ma’qul?

Maldiv orollarida dam olish uchun eng yaxshi oylar dekabrdan yanvargacha bo‘lgan davr hisoblanadi. Bu vaqtda havo iliq, okean tinch, suvlar tiniq bo‘ladi.

Maldiv orollariga qanday uchish mumkin?

Toshkentdan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar 2 dekabrdan boshlanadi va 2024 yil fevral oyi oxirigacha davom etadi. Parvozlar “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning qulay avialaynerlarida haftada bir marta, har shanba kuni amalga oshiriladi.

Orolgacha necha soat uchiladi?

Maldiv orollariga parvoz atigi 6 soat davom etadi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bortida tovuq yoki mol go‘shtidan tayyorlangan issiq, halol taomlar, gazaklar, shuningdek, turli ichimliklar taqdim etiladi.

Maldiv orollariga vizani qanday olish mumkin?

Shunchaki, Maldiv orollariga uching. Mamlakatimiz uchun Maldiv Respublikasiga kirishda hech qanday qiyinchiliksiz 30 kungacha sayyohlik vizasi beriladi.

Maldiv orollarida transport: mehmonxonaga qanday yetib olinadi?

Xalqaro reyslar Maldiv orollari poytaxti Male aeroportiga qo‘nadi. Aeroportdan kurortga/mehmonxonaga yo‘l va transfer siz tanlagan orolga bog‘liq.

Maldiv orollarida sayyohlarga tanlov uchun ikkita eng mashhur transport varianti taklif qilinadi:

 ⁃ dengiz samolyoti — bu eng tezkor yo‘l, gidroplanda butun boshli orolni yuqoridan, bor go‘zalligi bilan ko‘rishingiz mumkin.

 ⁃ tezyurar qayiq (tezkor qayiq) — qisqa masofalar uchun ishlatiladi va orolning istalgan burchagiga yetkazadi.

Maldiv orollari: qay birini tanlagan ma’qul?

Maldiv orollarida 1000 dan ortiq orol-atoll mavjud bo‘lsa-da, ulardan faqat 200 tasi o‘zlashtirilgan. Ular orasidan mahalliy aholi yashaydigan mahalliy orollardan birini yoki turistik kurort orolni tanlashingiz mumkin.

Orol tanlashda quyidagilarni bilishingiz kerak:

 ⁃ kurort orollar — bu “bounty” reklamasi uslubida dam olish, barcha sharoitlar sayyohlarning hashamatli dam olishi va qulayligi uchun qilingan: tabiat, plyajlar va okean suvidan tortib, benuqson xizmat ko‘rsatishgacha (Kuramati, Velassaru, Kuda Huraa, Giravaru va boshqalar).

 ⁃ Male shahridagi orollar. Bunday orollarda mahalliy aholi ham yashaydi, shunga ko‘ra, mehmonxonalar va Guest House'larda dam olish va turar joy ancha arzonroq (Maafushi, Thoddou, Dhigurah va boshqalar).

Maldiv orollarida hamyonbop narxlarda dam olish mumkinmi?

Ha, albatta. Maldiv orollari aholisi yashaydigan Male shahridagi mehmonxona yoki Guest House'ni tanlash kifoya.

Bunday mehmonxonalarning narxi bor-yo‘g‘i 16 million so‘mdan bo‘lib, ba’zan o‘zgarib turadi. Bu narx ushbu turdagi ta’tillar uchun hamyonbop hisoblanadi.

Guest House variantlari:

OCEAN RETREAT & SPA 16,7 mln so‘mdan boshlab;

KAANI BEACH HOTEL 19,2 mln so‘mdan boshlab;

THE CROWN BEACH HOTEL 19,9 mln so‘mdan boshlab;

KAANI PALM BEACH 20,4 mln so‘mdan boshlab.

Maldiv orollarida “all inclusive” bormi? 

Maldiv orollaridagi “all inclusive” asosidagi mehmonxonalar —qo‘shimcha xarajatlar haqida qayg‘urmasdan, beg‘am dam olishni xohlaydiganlar uchun ideal variant. Bu mehmonxonalar mehmonlarga nafaqat hashamatli xonalar va ajoyib okean manzarasiga ega bungalovlarni, balki turli xil lazzatbaxsh oshxona taomlarini taklif etuvchi restoranlar, ekskursiyalar, ko‘ngilochar dasturlar va hatto suv sportlarini o‘z ichiga olgan to‘liq to‘plamni taklif etadi – barchasi bitta narx ichida.

“All inclusive” asosidagi mehmonxonalar varianti:

ADAARAN HUDHURAN FUSHI SELECT 4* 31,8 mln so‘mdan boshlab 

ADAARAN CLUB RANNALHI 4* 32,3 mln so‘mdan boshlab 

RIU ATOLL 4* 32,6 mln so‘mdan boshlab.

Agar mehmonxona faqat nonushta taklif qilsa, Maldiv orollarining qayerida ovqatlanish mumkin?

Maldiv orollarida oziq-ovqat unchalik arzon emas, chunki mahsulotlarning aksariyati import qilinadi. Mahalliy orollarda nisbatan arzon kafe va restoranlarni topishingiz mumkin. Kafedagi ikki kishilik o‘rtacha hisob - 30-45 USD ni tashkil qiladi.

Dam olish vaqtida taomlar haqida qayg‘urmaslikni va pulni tejashni xohlaydiganlar HB/FB asosidagi (kuniga ikki/uch mahal ovqat) turlarni band qilishlari mumkin.

Maldiv orollaridagi eng yaxshi plyajlar?

Maldiv orollarining deyarli barcha plyajlari zavq bag‘ishlaydi. Ammo halqa shaklidagi Ari va Baa marjon orollarining plyajlari eng yaxshilaridan biri sifatida tan olingan. Fulhadhoo Beach esa Forbes jurnaliga ko‘ra dunyoning eng yaxshi 50 ta plyajlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Maldiv orollariga turni qanday band qilish mumkin?

Maldiv orollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslardan iborat sayohat turlari O‘zbekiston Respublikasining barcha sayyohlik agentliklarida, shuningdek, Asialuxe Travel kompaniyasining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Shahrisabz va Qo‘qondagi rasmiy savdo ofislarida mavjud.

Ertaknamo shafaq, o‘zgacha suv osti dunyosi, cheksiz okean va osoyishtalik Maldiv orollarini dam olish va kuch-quvvatga to‘lish uchun eng zo‘r maskanga aylantiradi.

Band qilish uchun raqamlar:

(+998) 71-211-22-22

(+998) 71-201-77-77 

Sayt: asialuxe.uz

Facebook: asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: https://t.me/Asialuxe

Qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid