O‘zbekiston | 09:51 / 07.12.2023
5485
2 daqiqa o‘qiladi

Soliq organlarining QQS guvohnomasini to‘xtatib turish bo‘yicha vakolatlari cheklanmoqda

Soliq organi QQS guvohnomasini faqatgina amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagandagina to‘xtatib turishi mumkin.

Foto: 123RF

«Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 22 sentabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Soliq organi QQS guvohnomasini faqatgina amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga mos kelmagandagina to‘xtatib turishi mumkin.

Ma’lumot uchun: QQS guvohnomasi — QQS to‘lovchisiga soliq organi tomonidan beriladigan maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va soliq qonunchiligi hujjatlarida belgilangan hollarda QQS hisobga olish huquqini tasdiqlovchi elektron shakldagi hujjat.

Bunda, guvohnoma 30 kun muddatda to‘xtatib turiladi. Ushbu muddatda kameral hamda sayyor soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra ushbu holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganda, guvohnomaning amal qilishi qayta tiklanadi.

Ilgari soliq organlari guvohnomaning amal qilishini quyidagi holatlarda to‘xtatib turish vakolatiga ega bo‘lgan:

soliq qarzi mavjud bo‘lganda;
soliq xavfining yuqori darajasiga ega soliq to‘lovchilar guruhiga mansub bo‘lganda;
3 oydan ortiq vaqt davomida moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganda. 
 

Mavzuga oid