Malaka sertifikatini berish tartibi birxillashtirildi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan ayrim turdagi malaka sertifikatini berish uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglament quyidagi tartibni belgilaydi:
jismoniy shaxslarga ayrim turdagi malaka sertifikatini berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish va malaka sertifikatini rasmiylashtirish tartibi;
malaka sertifikatini berish bo‘yicha murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi;
malaka sertifikatining amal qilishini to‘xtatib turish va bekor qilish tartibi;
davlat xizmatini ko‘rsatishda undiriladigan to‘lovlar taqsimoti tartibi.
Ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun manfaatdor shaxslar yoki ularning ishonchli vakillari davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Vakolatli organ malaka sertifikatini rasmiylashtiradi hamda berilgan malaka sertifikatlarining reyestriga tegishli yozuv kiritadi.
Mavzuga oid
11:47
O‘zbekiston davlat xizmatchilari Germaniyada malaka oshiradi
08:10 / 25.09.2024
Kasbiy malaka respublika kengashiga bosh vazir raislik qiladi
12:08 / 25.04.2024
TTA va Stomatologiya institutida xorijiy tillardan sertifikat olganlarga stipendiya berilmayotgani aytilyapti
07:31 / 25.04.2024