Ramzon Qodirov hayotni va go‘zal ayollarni sevishini tan oldi
Shuningdek, yaxshi kiyinishga harakat qilishini ta’kidladi.
Checheniston rahbari Ramzon Qodirov hayotni va go‘zal ayollarni sevishini, yaxshi kiyinishga harakat qilishini tan oldi. Uning shu haqdagi so‘zlarini RIA Novosti keltirdi.
«Men sog‘lom fikrga ega, o‘ta dindor odamman <…> Men bu hayotni yaxshi ko‘raman, go‘zal ayollarni sevaman. Chiroyli kiyinishga harakat qilaman. Ko‘pchilikka kabi bu hayot menga ham yoqadi», dedi Qodirov.
U «hech qanday yomon ish qilmaslikka» harakat etishini ta’kidladi, biroq «avliyo yoki ruhiy ustoz emasligini» ham aytdi.
2023 yil fevral oyida Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston Respublikasi qahramoni unvoni bilan taqdirladi. Bu mukofotni 2022 yil noyabrida o‘zi ta’sis etgan edi. Unvon to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, u «qahramonlik» ko‘rsatgani uchun beriladi.
2021 yilda u Checheniston Respublikasi rahbarligiga o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra saylovchilarning 99,7 foiz ovozini to‘plab, o‘ziga xos jahon rekordini o‘rnatgan edi.
46 yoshli Ramzon Qodirov Rossiya hududlari rahbarlari orasida o‘z lavozimini eng uzoq vaqt egallab kelayotgan siyosatchi hisoblanadi. U lavozimini 2007 yilda 30 yoshida egallagan va shundan beri respublikaga rahbarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
23:24 / 13.11.2024
Rossiya hukumati yaralangan harbiylar uchun to‘lov tizimini o‘zgartirdi
20:43 / 13.11.2024
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33 / 13.11.2024
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53 / 13.11.2024