AQSh Rossiya aktivlarini Ukrainaga qonuniy ravishda berish yo‘lini topdi - OAV
Aktivlarni Ukrainaga berish uchun xalqaro huquqqa zid bo‘lmagan yo‘l topilgani ta’kidlanmoqda.
Oq uy G7 mamlakatlari vakillariga Rossiyaning xorijiy aktivlarini Ukraina foydasiga musodara qilish yo‘li borligini ma’lum qildi va bu «xalqaro huquqqa zid emas», deb yozdi Financial Times o‘z manbalariga tayanib.
Qayd etilishicha, AQSh rasmiylari bu borada ochiq gapirmaydi, biroq o‘zaro suhbatlarda Vashington vakillari buni yashirmayapti.
Bu tashabbusni Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron ochiq qo‘llab-quvvatlamoqda. U Britaniya parlamenti qo‘mitasida bo‘lib o‘tgan tinglovda AQSh va Buyuk Britaniyaga Rossiya aktivlarini musodara qilishda kuchlarni birlashtirishni taklif qildi. Bunday xatti-harakatlar potensial investorlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi takliflarga javoban, Kemeron aktivlar allaqachon muzlatilgan va boshqa investorlar bundan xavotirlanmayapti, deb javob berdi.
Germaniya, Fransiya va Belgiya kabi Yevropa davlatlari xalqaro huquq bilan himoyalanganiga ishora qilib, Rossiya aktivlarini musodara qilishga shoshilmayapti. Aktivlarning aksariyati Yevropada joylashgan. Biroq, nashr G7 Rossiya pullarini Ukrainaga berish zarurati bo‘yicha «konsensusni mustahkamlamoqda» deb da’vo qilgan G‘arb rasmiylaridan biriga tayanadi.
Aprel oyida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xalqaro hamjamiyatga murojaat qilib, rossiyalik amaldorlar va oligarxlarning muzlatilgan aktivlarini musodara qilish va ularni Kiyevga topshirishni so‘ragan edi. Bu mablag‘lar urush yillarida vayronaga aylangan infratuzilmani qayta tiklashga sarflanishi kerakligi aytildi.
Mavzuga oid
17:22
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
16:28
Frontdagi vaziyat: Ukraina qurolli kuchlari mudofaasi ko‘plab uchastkalarda qulamoqda
14:56
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
14:24