Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etdi
Daromadi 15 mln so‘mdan oshiq bo‘lgan aholi qolganlarga qaraganda inflatsiyani ko‘proq sezmoqda – 15,2 foiz. Inflatsiya bo‘yicha eng past o‘rtacha ko‘rsatkich oyiga 4-5 mln so‘m daromadga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan qayd etilgan – 11,7 foiz. Daromadlari 7 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan respondentlar sezgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori shakllangan.
Noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflatsiya darajasi avvalgi oyga nisbatan biroz pasayib, 12,7 foizni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Hududlar kesimida inflatsiyaning eng yuqori darajasi Toshkent shahri – 15 foiz va Sirdaryo viloyatida – 13,5 foiz, eng past darajasi esa Qoraqalpog‘iston – 10,7 foiz va Navoiy viloyatida – 10,7 foiz sezilgan.
Aholi tomonidan eng yuqori sezilgan inflatsiya darajasi pensionerlar (14,8 foiz) va ta’lim sohasida faoliyat olib boradigan respondentlar (13,5 foiz) tomonidan qayd etilgan. Eng past ko‘rsatkich esa tashish xizmatlari sohasida kuzatilgan – 10 foiz.
Daromadi 15 mln so‘mdan oshiq bo‘lgan aholi qolganlarga qaraganda inflatsiyani ko‘proq sezmoqda – 15,2 foiz. Inflatsiya bo‘yicha eng past o‘rtacha ko‘rsatkich oyiga 4-5 mln so‘m daromadga ega bo‘lgan fuqarolar tomonidan qayd etilgan – 11,7 foiz. Daromadlari 7 mln so‘m va undan yuqori bo‘lgan respondentlar sezgan inflatsiya darajasi respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori shakllangan.
Oktyabr-noyabr oylarida aholi tomonidan narxlarining eng yuqori o‘sishi sezilgan asosiy turdagi tovar va xizmatlar:
Avvalroq, noyabr oyi yakunlari bo‘yicha iste’mol sektoridagi narxlarning yillik o‘sish darajasi 8,8 foizgacha pasaygani xabar qilingandi. Bu 2016 yil avgustidan (8,6 foiz) keyingi eng past ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
08:10 / 02.11.2024
Oktyabr oyida inflatsiya 1 foizdan past bo‘ldi
11:23 / 01.11.2024
«Biz uchun qiziqligi uning qaysi narxda kirib kelishi» – MB raisi energetika resurslari importida Rossiyaga qaramlik haqida
19:37 / 31.10.2024