Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqchi
Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov.
Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov 15 dekabr kuni Moskvada o‘tkazilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, tomonlar standartlashtirish va metrologiya sohasida samarali hamkorlik qilmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston tomonidan sinov laboratoriyalarini modernizatsiya qilish va qayta jihozlash uchun sinov uskunalarining tavsiya etilgan ro‘yxatlari shakllantirilgan.
«Buning natijasida YeOII (Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi)ning 15 ta texnik reglamenti talablariga muvofiqligini baholash mumkin bo‘ladi. Biz energetika sohasidagi hamkorlikka katta ahamiyat beramiz va O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz», — degan Manturov.
Ta’kidlanishicha, Rossiya O‘zbekistonning o‘z mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish istagini qo‘llab-quvvatlaydi va geologiya hamda yer qa’ridan foydalanish sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishni davom ettirishga tayyor.
«Bizda Orol dengizi va unga tutash hududlarda neft va gazni qidirish bo‘yicha muvaffaqiyatli loyihalar mavjud. Sobiq sovet tarixida birinchi marta O‘zbekiston hududida uglevodorod xomashyosi uchun seysmik qidiruv ishlari olib borildi. Ularning natijalari mintaqada yirik, asosan gaz konlari topilishini imkonini beradi», — dedi u.
Mavzuga oid
14:56
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024