O‘zbekiston | 11:50 / 28.12.2023
8384
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning Anhor kanali bo‘yidagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan ma’lumot berildi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Anhor kanali bo‘yidagi daraxtlar kesilayotgani yuzasidan tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasining Markaziy maydonlarni obodonlashtirishga ixtisoslashtirilgan bo‘limi tomonidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga poytaxtdagi aholi gavjum joylardan biri bo‘lgan Anhor kanali bo‘yida terak va chinor daraxti egilib, avariya holatiga kelib qolgani to‘g‘risida ariza kelib tushgan.

Ushbu ariza Yunusobod tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi mas’ullaridan iborat ishchi guruhi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilganda, mazkur daraxt haqiqatdan ham fuqarolarning salomatligi va mol-mulkiga jiddiy xavf solish ehtimoli baland bo‘lgani aniqlangan va kesish uchun tegishli xulosa taqdim etilgan.

Foto: Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi

Mavzuga oid