O‘zbekiston | 18:37 / 04.01.2024
6518
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya bilan mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

O‘zbekiston va Italiya jinoiy ishlarni yuritish bo‘yicha hamkorlik qiladigan bo‘ldi. 

Foto: elemens.envato.com

O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolangan bir qancha qonunlar bilan shartnomalar ratifikatsiya qilindi. 

Jumladan, O‘zbekiston bilan Italiya Respublikasi o‘rtasida quyidagi shartnomalar ratifikatsiya qilindi: 

- Ushlab berish to‘g‘risidagi Shartnoma; 

- Jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi Shartnoma; 

- Mahkumlarni topshirish (ekstraditsiya) to‘g‘risidagi Shartnoma. 

Ushbu shartnomalar 2023 yil 8 iyun kuni Rimda Italiya va O‘zbekiston tomonidan imzolangan.

Mavzuga oid