Sport | 21:43 / 08.01.2024
9758
1 daqiqa o‘qiladi

Frans Bekkenbauer 78 yoshida vafot etdi

Der Kaiser laqabini olgan bu futbolchi 1974 yilda Germaniya bilan jahon chempioni bo‘lgandi.

Foto: Getty Images

«Bavariya» va Germaniya milliy jamoasining afsonaviy futbolchisi 78 yoshda vafot etdi. Bu haqda uning oilasi ma’lum qilgan.

Bekkenbauer 4 karra Germaniya chempionligini qo‘lga kiritib, 3 karra Yevropa Chempionlar kubogi sohibiga aylangan. U Germaniya milliy jamoasi safida 1972 yil Yevropa chempioni, 1974 yil esa jahon chempioniga aylangan. Frans ikki karra «Oltin to‘p» sohibi sanaladi.

Bekkenbauer futbolchilik faoliyatidagi yutuqlaridan tashqari, 1990 yil Germaniya milliy jamoasi murabbiyi sifatida ham jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Myunxen klubi ustozi sifatida jamoasi bilan Bundesliga va UYeFA kubogini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid