London Kiyevga harbiy yordamni 2,9 mlrd yevrogacha oshiryapti
Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Kiyevda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuv oldidan: «Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi to‘xtab qolmaydi», dedi.
Kelgusi moliyaviy yilda Britaniya Ukrainaga harbiy yordamni 2,5 milliard funt sterlinggacha (2,9 milliard yevrogacha) oshiradi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 12 yanvar, juma kuni Kiyevga tashrifi oldidan aytib o‘tdi. «Britaniyaning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi to‘xtab qolmaydi», deb va’da qildi Britaniya hukumati rahbari, u shu kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Sunak Kiyevda ikki tomonlama xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha yangi shartnoma imzoladi. Shuningdek, u Rossiya havo hujumlari oqibatlarini bartaraf etayotgan qutqaruvchilar bilan uchrashdi va 20 million yevroga yaqin gumanitar yordam va Ukraina energetika infratuzilmasini mustahkamlashga yordam berishini e’lon qildi.
Ukraina uchun yangi yordam paketi uzoq masofali raketalar, havo hujumidan mudofaa tizimlari va artilleriya snaryadlarini o‘z ichiga oladi. 200 million funt sterlingdan ortiq mablag‘ razvedka va hujumkor uchuvchisiz uchish qurilmalari hamda uzoq masofaga uchuvchi dengiz dronlarini sotib olishga sarflanadi.
Britaniyaning Ukrainaga harbiy yordami
Britaniya tomoni ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumi boshlanganidan beri Britaniya Kiyevga 4,6 milliard funt sterling (5,4 milliard yevro) miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan. Bundan tashqari, 2014 yildan beri 52 ming ukrainalik harbiy xizmatchi Britaniyada malaka oshirdi.
2023 yil dekabr oyida Britaniya va Norvegiya Ukrainaning dengiz salohiyatini mustahkamlash uchun yaratilgan «Dengiz salohiyati koalitsiyasi»ni ishga tushirganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41 / 15.11.2024
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
10:11 / 15.11.2024
Germaniya Ukrainada halok bo‘lgan 10 fuqarosi haqida ma’lumotga ega
09:31 / 15.11.2024