Polsha Ukraina uchun G7 kafolatlariga qo‘shildi
Varshava Ukraina urushda g‘alaba qozonishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi, dedi Polsha bosh vaziri Donald Tusk Kiyevda, u Polsha xavfsizligi ham «xavf ostida» ekanini ta’kidladi.
Polsha NATOning Vilnyusdagi sammitida qabul qilingan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha G7 deklaratsiyasiga qo‘shildi, dedi Polsha bosh vaziri Donald Tusk 22 yanvar, dushanba kuni Kiyevga tashrifi chog‘ida. «Ushbu deklaratsiya demokratik mamlakatlarni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga safarbar qilishga qaratilgan», — deya X ijtimoiy tarmog‘ida Tuskning so‘zlaridan iqtibos keltiradi uning idorasi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida nutq so‘zlagan Donald Tusk Polsha Ukraina bilan moliyaviy va harbiy hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini va Rossiya boshlagan urushda «Ukrainaning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini oshirish» uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini aytdi. «Bu kurashda Polsha millati va Polsha davlati xavfsizligi ham xavf ostida», dedi u.
O‘z navbatida, Zelenskiy Tusk bilan Ukraina va Polsha o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning barcha jihatlari bo‘yicha «juda samarali» muzokaralar olib borganini aytdi. «Polshaning yangi mudofaa paketi mavjud. Biz bunday doimiy yordamni qadrlaymiz. Ukraina ehtiyojlari uchun qurol-yarog‘ sotib olishning keng ko‘lamli bo‘lishi bo‘yicha o‘zaro hamkorligimizning yangi shakli mavjud - bu Ukraina uchun Polsha krediti», - deb yozgan Ukraina prezidenti.
Polsha va Ukraina kelishmovchiliklarni bartaraf etishga tayyor
Polsha va Ukraina rahbarlari, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi barcha bahsli masalalarni, jumladan, Polsha-Ukraina chegarasida so‘nggi norozilik namoyishlari bilan bog‘liq kelishmovchiliklarni ham hal qilishga va’da berdi.
«Biz bosh vazir bilan barcha muhim masalalarni hukumat darajasida hal etish mumkinligini muhokama qildik va bu boradagi ishlar yaqin orada boshlanadi», — dedi Volodimir Zelenskiy. Donald Tuskning so‘zlariga ko‘ra, Polsha va Ukraina yuklar tranzitiga to‘sqinlik qilayotgan chegara masalalari bo‘yicha umumiy nuqtayi nazarga ega.
Kiyev va Varshava o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Polsha orqali eksport qilish bo‘yicha kelishmovchiliklar, shuningdek, polshalik yuk tashuvchilarning Ukraina yuk tashuvi uchun urushdan oldin Yevropa Ittifoqiga kirishi uchun zarur bo‘lgan majburiy ruxsatnomalar bekor qilinishiga qarshi noroziliklari tufayli yomonlashgan edi.
Tusk Kiyevga 22 yanvar kuni ertalab yetib keldi, bu uning Polsha bosh vaziri lavozimiga qaytganidan keyin Ukrainaga ilk safari.
Mavzuga oid
22:30
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:41
Rossiya kolonnasi Kupyanskka yorib kirgan, ammo Ukraina uni yakson qilganini aytmoqda. Nimalar ma’lum?
14:34
Polshada YTHda jabrlangan O‘zbekiston fuqarosiga yordam ko‘rsatildi
10:11