Shavkat Mirziyoyev Pekindagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi
O‘zbekiston prezidenti Xitoy xalqining qahramonlari xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahridagi Tyananmen maydoniga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlat rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.
1949 yil 1 oktabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.
Mavzuga oid
14:00 / 29.01.2024
Prezident xorijda YTH qurboniga aylanayotgan migrantlar masalasiga to‘xtaldi
13:17 / 29.01.2024
Tajriba tariqasida 5 ta shaharda suv ta’minotiga xususiy sheriklar jalb qilinadi
20:35 / 26.01.2024
Ta’lim sohasida islohotlarni yagona konsepsiya asosida amalga oshirish bo‘yicha Loyiha ofisi tashkil qilinadi
18:48 / 25.01.2024