O‘zbekiston | 13:04 / 24.01.2024
5037
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi raisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xitoyga davlat tashrifining ishbilarmonlik dasturi davomida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev CNPC neft-gaz korporatsiyasi raisi Day Xoulyanni qabul qildi.

Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi o‘z sohasida jahonning ilg‘or kompaniyasi bo‘lib, Fortune Global 500 reytingida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Neft va gaz qazib olish bo‘yicha yirik loyihalarni, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda amalga oshirish borasida katta tajribaga ega.

Uchrashuvda O‘zbekistonda yerosti gaz saqlash sig‘imlarini barpo etish va gaz yetkazish tizimlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ilash texnologiyalarini joriy qilish va neft-gaz tarmog‘i uchun mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

 

Mavzuga oid