Jahon | 22:57 / 31.01.2024
11236
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda chigirtka tarqalishining eng yuqori cho‘qqisi kutilmoqda 

Vazirlar Mahkamasi zararkunanda hasharotlarga qarshi kurash choralarini ko‘rmoqda. 

Foto: Getty Images

Qozog‘istonda hukumat zararkunanda hasharotlarga qarshi kurashish uchun zaxiradan 3,9 milliard tenge ajratdi, deb xabar berdi Orda. 

Qayd qilinishicha, 2024 yil zararkunanda chigirtka tarqalishi siklining 11 yillik eng yuqori cho‘qqisi kutilmoqda. Prognoz 2,5 million gektarni tashkil etadi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb bir million gektarga ko‘pdir. 

«Shu munosabat bilan, chigirtkalarning ommaviy rivojlanishi va tarqalishi, yaylovlarga zarar yetkazishi, ekinlarni nobud qilishi, shuningdek, qo‘shni davlatlarga ko‘chishining oldini olish uchun butun prognoz maydonlariga kimyoviy ishlov berishni ta’minlash uchun zaxiradan 3,9 milliard tenge ajratiladi», deyiladi Vazirlar Mahkamasi xabarida.

Mavzuga oid