Moliya va Fiskal institutlari «Narxoz» tarkibiga o‘tkazildi
Hozirgi Moliya instituti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Teshaboyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlanishi kutilyapti.
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent Moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti birlashtirildi. Buni Kun.uz'ga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasdiqladi.
Hukumat qarori bilan iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Teshaboyev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori etib tayinlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, To‘lqin Teshaboyev 2020 yil 9 oktyabrdan beri hozirgi Moliya instituti rektori bo‘lib ishlab kelyapti.
Iqtisodiyot universitetining avvalgi rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘tgan hafta oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangan edi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024