O‘zbekiston hududiga sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda, yana qor yog‘ishi mumkin
18–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –8 darajagacha pasayadi.
O‘zbekistonda havo harorati sovuq darajaga tushishi kutilmoqda. Bu haqda «O‘zgidromet» bosh direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 16 fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17–19 fevral kunlari esa respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
16 fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida, 17–19 fevral kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qorga aylanadi) kuzatiladi, 17–18 fevral kunlarida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
16–18 fevral kunlari respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 17–22 metr/sekundga yetadi, ba’zida 25–28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
18–19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari –3...–8 darajagacha, kunduz kunlari 0...–3 darajagacha pasayadi. Shimolda 17–19 fevral kunlari harorat kechalari –13...–16 daraja, kunduz kunlari –5...–8 daraja bo‘ladi.
Bundan oldinroq O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:23 / 12.11.2024
13 noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi
15:45 / 11.11.2024
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21 / 11.11.2024
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
14:31 / 09.11.2024