O‘zbekiston | 18:56 / 13.02.2024
8929
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yangi bojxona posti qurilmoqda

O‘zbekistonning «Uchqo‘rg‘on» va Qirg‘izistonning «Kengsay» chegara bojxona postlari 2024 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistonni qo‘shni Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yangi chegara posti qurilishi davom etmoqda. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi xabar berdi. 

Qayd qilinishicha, inshoot Uchqo‘rg‘on tumani, «Bo‘ston» mahallasidagi «Uchqo‘rg‘on - Madaniyat» yo‘lining o‘ninchi kilometrida barpo etilyapti. Xuddi shunday loyiha Qirg‘izistonning Navkent tumani, Qiziltuu qishlog‘i «Kengsay» bojxona postida ham amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi «Uchqo‘rg‘on» va «Kengsay» chegara bojxona postlari 2024 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. 

Ta’kidlanishicha, mazkur bojxona chegara postining ochilishi Namangan viloyati va Uchqo‘rg‘on tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratadi, viloyat, tuman iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, logistika, xizmat ko‘rsatish sohalari rivojlanadi.

Mavzuga oid