O‘zbekiston | 11:51 / 14.02.2024
11327
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda hokim yordamchisi tuman hokimi etib tayinlandi

Namangan tumanidagi «Olaxamak» MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Muhammad Haydarov Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Haydarov Muhammad Abduhakimovich Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun xalq deputatlari Uchqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Sessiyada deputatlar tomonidan Namangan viloyati hokimining Uchqo‘rg‘on tumani hokimi Jahongir Rizzayevni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimidan ozod etish hamda Haydarov Muhammad Abduhakimovichni Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi qarorlari ma’qullnagan. 

Muhammad Haydarov hozirga qadar Namangan tumanidagi «Olaxamak» MFYda hokim yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

2021 yilning dekabr oyidan buyon Uchqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Jahongir Rizzayev oldinroq ishdan olingandi.

  • 18 yanvar kuni prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport, investitsiya va mahalliy sanoatda 2024 yilda turgan vazifalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilgandi. Yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripovga sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagan 7 ta hudud, jumladan, Uchqo‘rg‘on tumani hokimining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirilgandi.

Mavzuga oid