Jamiyat | 18:35 / 19.02.2024
9544
2 daqiqa o‘qiladi

So‘nggi 5 yilda qayd etilgan jinoyatlar soni 2 barobar oshdi

Biroq, so‘nggi 2 yil ichida jinoyatlar soni kamayib borayotgani qayd etildi. 

Foto: Vladislav Shatilo

O‘zbekistonda so‘nggi 5 yil ichida qayd etilgan jinoyatlar soni 2,3 baravarga oshdi. Bu Statistika agentligi taqdim qilgan ma’lumotlardan (.pdf) oydinlashmoqda. 

Qayd qilinishicha, so‘nggi besh yilda (2019-2023-yillar) respublika bo‘yicha qayd etilgan jinoyatlar soni 2,3 barobarga oshgan. Masalan, 2019 yilda 46 ming jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 104 mingga yetgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda jinoyatchilik darajasi 1,8 barobarga keskin oshgan. Biroq, keyingi 2 yil ichida pasayish kuzatilmoqda. Xususan, o‘tgan yili jinoyatlar soni 1,1 foizga kamaygan. 

O‘tgan yili jinoyatlarning eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan (har 10 ming aholiga o‘rtacha 71,5 dona). Toshkent viloyati (40,7) va Sirdaryo viloyatida (37,1) ham jinoyatlar soni yuqori bo‘lgan. Eng past ko‘rsatkich Xorazm viloyatida (15,1) qayd etilgan. 

Jinoyatlarning 41,5 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 28 foizi og‘ir, 26,4 foizi unchalik og‘ir bo‘lmagan, 4,1 foizi o‘ta og‘ir sifatida malakalangan. 

Ta’kidlanishicha, jinoyatlarning 43,8 foizi iqtisodiy, 24 foizi jamoat xavfsizligiga qarshi, 16,4 foizi hokimiyat, boshqaruv organlari, jamoat birlashmalari faoliyati tartibini buzish, 15,2 foizi jismoniy shaxslarga qarshi jinoyatlardir.

Mavzuga oid