Chinozda 20 ta jarimasi bor shaxsning Captiva’si jarima maydonchasiga joylashtirildi
Toshkent viloyati Chinoz tumanida 230 million so‘m kredit va 20 ta jarimasi bor fuqaroning Captiva’si jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda MIB axborot xizmati xabar bergan.
Qayd etilishicha, byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan viloyatning ko‘plab hududlarida tadbirlar o‘tkazilmoqda. Chinoz tumanida o‘tkazilgan Avtakon qo‘shma reyd davomida 231 million 232 ming 448 so‘m bank kredit qarzdorligi hamda 20 ta ma’muriy jarimasi bo‘lgan fuqaro aniqlanib, Captiva rusumli avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Yuqoridagi qarzdorliklar ixtiyoriy muddatda bartaraf etilmasa, mazkur avtotransport vositasi realizatsiya qilinib, sotuvdan tushgan pul qarzdorlikni qoplashga yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid
09:01 / 31.05.2024
Chinozda 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
18:28 / 10.05.2024
Toshkent aeroportini ko‘chirish haqidagi hukumat qarori bekor qilindi
08:15 / 30.04.2024
Toshkent viloyatida 15 yoshli qiz ehtiyotsizligi oqibatida chuqurga tushib ketdi
16:00 / 23.02.2024