O‘zbekiston | 13:45 / 23.02.2024
2185
1 daqiqa o‘qiladi

Notarial rasmiylashtirishda video-konferens-aloqa xizmati uchun to‘lov oshirilmoqda

Notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda video-konferens-aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori BHM 30 foizini tashkil etadi (avval 20 foiz).

Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Endilikda notarial harakatni masofadan turib rasmiylashtirishda video-konferens-aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun to‘lov miqdori BHMning 30 foizini tashkil etadi (muqaddam 20 foiz).

Shuningdek mol-mulkka qo‘yilgan taqiqni (xatlovni) bekor qilish yoki bekor qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlab yoki xatlab qo‘yilgan mol-mulklar elektron ma’lumotlar bankiga kiritish uchun to‘lov belgilanmoqda (har bir mulk uchun BHMning 5 foizi).

Mavzuga oid