Toshkentda «Orlando» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi
Avtomobilning motor qismida elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.
Joriy yilning 26 fevral kuni taxminan soat 08:15 larda Uchtepa tumani KHAY ko‘chasi 16-uy qarshisida harakatlanib ketayotgan 2004 yilda tug‘ilgan M.O. boshqaruvidagi «Orlando» rusumli avtomashinada yong‘in kelib chiqqan.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, avtomobilning motor qismida elektr simlari qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazish hamda belgilangan qoidalarga rioya qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
12:00 / 03.10.2024
Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi
13:17 / 02.10.2024
Agrar universitetdagi yong‘in: binolardan birining tomida quyosh panellari bo‘lgan
11:17 / 02.10.2024
Xorazmda sodir bo‘lgan yong‘inda fuqaroning uyi yonib ketdi
07:15 / 02.10.2024