Sport | 14:26 / 29.02.2024
18238
1 daqiqa o‘qiladi

Shomurodov ikki oylik tanaffusdan keyin «Kalyari» mashg‘ulotlariga qo‘shildi

Foto: Getty Images

Eldor Shomurodov «Kalyari» jamoasining umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi.

TuttoSagliari nashri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 28 yoshli hujumchi seshanba kunidan boshlab «Kalyari» jamoasining umumiy guruhida shug‘ullanishni boshlagan. U ikki oy vaqtni jarohatdan tiklanish uchun sarflagani bois, bungacha yakka tartibda shug‘ullanayotgan edi.

«Shomurodov yakshanba kuni «Empoli»ga qarshi safarda o‘tadigan o‘yin qaydnomasidan joy olish uchun faol mashg‘ulot olib bormoqda», - deyiladi manbada.

Eldor dekabr oyida olgan jarohati sababli Osiyo kubogi-2023 turnirini o‘tkazib yuborgandi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor 19 dekabr kuni Rimda tovonidan operatsiya qilingandi. Shifokorlar hujumchining jarohatdan tiklanib safga qaytishi uchun kamida 1,5 oy vaqt talab etilishi haqida ma’lum qilishgandi.

Mavzuga oid