O‘zbekiston | 08:20 / 01.03.2024
10174
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda benzinni noqonuniy sotish bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar aniqlandi

13 nafar fuqaro Ai-80, Ai-95, Ai-92 markali benzinni qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Foto: Prokuratura departamenti

Toshkent shahrida 5,6 tonna benzin yonilg‘isi noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda aniqlangan. 

13 nafar fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan holda noqonuniy daromad orttirish maqsadida Ai-80, Ai-95, Ai-92 markali benzin yonilg‘isini qimmat narxlarda chakana sotish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlanib, ulardan jami 5,6 tonna benzin yonilg‘isi ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid