O‘zbekiston | 07:20 / 04.03.2024
3080
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentga gepatitga qarshi dorining yettinchi partiyasi yetib keldi

Misr hukumati tomonidan S gepatitiga qarshi dori vositasining navbatdagi partiyasi O‘zbekistonga yetkazib berildi.

Foto: «Dunyo» AA

"Dunyo" xabariga ko‘ra, umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona C va B gepatitiga qarshi dori vositalarining berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Hozirgi kunga qadar vazni 13,4 tonnaga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari Misrdan mamlakatga bosqichma-bosqich yuborildi.

Mavzuga oid