Yaponiya O‘zbekistonda energetika sohasida loyihalar amalga oshirishga qiziqish bildiryapti
O‘zbekiston elchixonasida Yaponiya parlamenti va biznes doira vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
O‘zbekiston elchixonasida Yaponiya parlamenti va biznes doiralar vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».
Tadbirda Yaponiya parlamenti vakillar palatasi deputati, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC), Abu Dhabi National Oil Co. kompaniyasining Tokiodagi ofisi, RS Asset Management kompaniyasi vakillari va boshqalar ishtirok etdi.
Deputat Nobuxide Minorikava o‘z ma’ruzasida, Yaponiya mamlakatni Markaziy Osiyodagi strategik sherik davlat sifatida bilishini va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
RS Asset Management kompaniyasi vakili o‘z navbatida, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash, tashqi savdoni liberallashtirish va diversifikatsiya qilish, valuta bozorini erkinlashtirishga qaratilgan natijador islohotlarga e’tibor qaratdi.
«Biz O‘zbekistonda energetika sohasida loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildiryapmiz. Shu bois iyun oyida Yaponiya biznes doira vakillari bilan yurtingizga borishni va o‘zaro hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini muhokama qilishni rejalashtiryapmiz», - dedi u.
Mavzuga oid
17:26
Osiyodagi eng katta kruiz layneri Yaponiyada buzilib qoldi
18:00 / 06.11.2024
Yaponiyada Toyota’ning birinchi uchar taksisi namoyish etildi
17:14 / 05.11.2024
Yaponiya dunyoda birinchi bo‘lib yog‘och sun’iy yo‘ldoshni koinotga uchirdi
22:37 / 04.11.2024