Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi etib tayinlandi
Kecha O‘zbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya poytaxtiga tashrif buyurdi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, Oybek Shaxavdinov Budapeshtga tayinlanishidan oldin TIVning Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
46 yoshli diplomat Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Toshkent davlat yuridik universiteti (magistratura), Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) tarjimonlar tayyorlash kursini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Xorazm viloyatida boshlagan. 2004 yildan buyon TIV tizimida. Mehnat faoliyatini Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida boshlagan, so‘ngra TIVning Yevropa davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasida referentlikdan boshqarma boshlig‘i singari diplomatik xizmatning barcha bosqichlarini bosib o‘tgan. Shuningdek, O‘zbekistonning Bryusseldagi elchixonasida ishlagan.
Oybek Shaxavdinov O‘zbekistonning qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan Vengriyadagi birinchi elchisi sanaladi.
Mavzuga oid
23:00 / 23.10.2024
O‘zbekistonning Xorvatiyadagi birinchi elchisi tayinlandi
13:30 / 23.10.2024
Vengriyadan professor-o‘qituvchilar O‘zbekistonda dars berish uchun yuboriladi
11:00 / 15.10.2024
O‘zbekiston va Vengriya saraton kasalligini davolash sohasida hamkorlik qiladi
10:30 / 10.10.2024