Yerevanda politsiya bo‘limiga hujum qilgan shaxs qo‘lga olindi
Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati maxsus kuchlari Yerevanda politsiya bo‘limiga bostirib kirgan qurolli shaxsni qo‘lga oldi. Hujumchining maqsadi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Yerevanda Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) maxsus kuchlari politsiya bo‘limiga bostirib kirgan qurolli shaxsni qo‘lga oldi, deb xabar berdi TASS agentligi 24 mart, yakshanba kuni. Avvalroq arman va rus tilidagi ommaviy axborot vositalari hamda Telegram-kanallari Nor Nork hududidagi politsiya bo‘limiga qurollangan uch kishi hujum qilgani haqida yozgan edi.
TASS agentligining voqea joyidagi muxbiriga tayanib xabar berishicha, qo‘lga olishdan oldin politsiya bo‘limiga qo‘shimcha politsiya kuchlari jalb qilingan. Ichkarida arman politsiyasi rahbari qurollangan odam bilan muzokara olib borgan.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalarida uchastkada portlash yuz bergani haqida xabarlar tarqalgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum qilgan uch shaxsdan ikki nafari o‘z granatasining portlashi natijasida yaralangan.
Shu bilan birga, Shamshyan arman internet-nashrining aniqlik kiritishicha, voqeadan oldin Nor Nork tumanidagi politsiya bo‘limiga «Jangchi birodarlar» jamoatchiligi a’zolari yig‘ilib, o‘z safdoshlarini ozod etishni talab qilgan, ular, erkaklarning so‘zlariga ko‘ra. noqonuniy ravishda qo‘lga olingan.
«Kavkazskiy uzel» internet nashri «Jangchi birodarlar» jamiyati Armaniston chegara hududlari Ozarboyjonga o‘tishiga qarshi chiqadi. Nashrning Armaniston politsiyasi matbuot xizmatiga tayanib yozishicha, 23 mart kuni ushbu jamiyat 49 nafar a’zosi noqonuniy ravishda qurol olib yurish va saqlashda gumonlanib qo‘lga olingan. Ma’lum bo‘lishicha, «Jangchi birodarlar» jamiyati a’zolari chegara hududlarini Ozarboyjonga o‘tkazishga qarshi bo‘lgan mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun Tavush viloyatining Voskepar qishlog‘iga kelgan.
Mavzuga oid
21:12 / 08.09.2024
Rossiyada o‘zbekistonlikning o‘limiga sabab bo‘lgan politsiyachilar sudlanadi
08:11 / 01.08.2024
Rossiya chegarachilari Yerevan aeroportini rasman tark etdi
10:41 / 13.06.2024
Yerevanda politsiya parlament oldidagi namoyishchilarni shovqinli granatalar bilan tarqatdi - fotosuratlar
09:06 / 27.05.2024