O‘zbekiston | 15:00 / 10.04.2024
6137
5 daqiqa o‘qiladi

BYD Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etishga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

Foto: BYD

2024 yil 21 aprelda 45ta davlatdan tashrif buyurgan professional sportchilar va yugurish havaskorlari mamlakatimizning sport sohasidagi yetakchi tadbirlaridan biri - BYD VI Toshkent xalqaro marafonida ishtirok etadi.

Bu yil 6- BYD Toshkent xalqaro marafoni 6 mingga yaqin yuguruvchini qabul qiladi. Bugungi kunga qadar 4 mingdan ortiq kishi, jumladan, Markaziy Osiyodagi yetakchi yugurish klublari a’zolari ham o‘z arizalarini topshirishgan. O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan marafonda ishtirok etish uchun yaqin va uzoq mamlakatlardan eng ilg‘or sportchilar ham taklif etildi.

Toshkent marafoni xalqaro sport tadbiri bo‘lib, World Athletics Label maqomiga ega hamda Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasining (World Athletics) rasmiy musobaqalar taqvimiga kiritilgan. Toshkent xalqaro marafoni yo‘nalishi Xalqaro marafonlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan. Tadbir arafasida mazkur nufuzli yugurish musobaqasiga tayyorgarlik darajasini kuzatish va qabul qilingan xalqaro standartlar asosida o‘tkazish uchun xalqaro ekspert kuzatuvchilari Toshkentga keladi.

Ishtirokchilarni ro‘yxatga olish Perfend.com onlayn platformasida https://perfend.com/evens/sport/tashkent-marathon-6 havolasi orqali davom etmoqda.

Tadbir dasturi klassik 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi, bu har kimga mos keladigan murakkablik darajasini topish imkoniyatini beradi. Asosiy marafon arafasida, 20 aprel kuni bolalar uchun Kids Run yugurish musobaqasi, shuningdek, turli yosh guruhlari orasida mashhur bo‘lgan shimoliy yurish musobaqalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Marafonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish badali quyidagi qiymatlarda belgilangan:

• Kids Run (1 km) va shimoliy yurish (3 km) -150 ming so‘m

• 3 km - 150 ming so‘m

• 10 km - 190 ming so‘m

• Yarim marafon (21 km) - 250 ming so‘m

• Marafon (42 km) - 350 ming so‘m.

Nachalo formy

Ushbu to‘lov yuguruvchilarga o‘zlari tanlagan masofada qatnashish va start paketini olish imkonini beradi, shu jumladan chipli ko‘krak raqami (1 dona), 4 ta to‘g‘nag‘ich, ryukzak, kepka, marafon logotipi tushirilgan futbolka, tadbir kunida jamoat transporti uchun 2 ta chiptani ta’minladi.

Bu yil tashkilotchilar kumush, oltin va platina ishtirokchilari raqamlarini taqdim etish bo‘yicha yangi xizmatni joriy qildilar. Ushbu start raqamlarining egalari marafonning telegram-boti orqali marshrut translatsiyasini onlayn rejimda kuzatishlari mumkin bo‘ladi. Narxi tanlangan masofaga qarab o‘zgaradi - 250 ming so‘mdan 1 million 200 ming so‘mgacha.

Toshkent marafonida 42 km masofani 6 soatda bosib o‘tgan, professional sportchimi yoki havaskor yuguruvchi bo‘lishidan qat’i nazar, har bir ishtirokchiga II kattalar sport toifasi beriladi, - deya ta’kidladi Yengil atletika federatsiyasi bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zamuhamedov, - ommaviy havaskorlik sporti yetakchilari yugurish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishga katta hissa qo‘shmoqda».

Toshkent marafonining bu yilgi umumiy sovrin jamg‘armasi sezilarli darajada oshirilib, 720 million so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari, birinchi marta erkaklar va ayollar o‘rtasida rekord o‘rnatish uchun asosiy mukofotlardan tashqari qo‘shimcha sovrinlar - marafon masofasi uchun 15 million so‘m va yarim marafon uchun 10 million so‘m taqdim etiladi.

Start-finish shaharchasi poytaxtning qoq markazida - Afrosiyob va Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida (“Humo Arena” sport majmuasi hududida) joylashgan, masofaviy marshrut esa Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab o‘tadi, bu ishtirokchilarga yangi yugurish shahri muhitiga chuqurroq kirib borish imkonini beradi.

Marafon tashkilotchilari: Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi.

O‘zbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi Markaziy Osiyo yengil atletika assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ushbu sport musobaqasini oltinchi bor tashkillashtirmoqda.

6-BYD Toshkent xalqaro marafoni uchun ro‘yxatga olish joriy yilning 15 aprelida yakunlanadi. Start paketlarni tarqatish 2024 yil 17, 18 va 19 aprel kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha Magic City ko‘ngilochar istirohat bog‘i hududida amalga oshiriladi.

Murojaat uchun telefon: + 998951420184.

Ijtimoiy tarmoqlardagi marafon sahifalari:

Instagram: @tmmarathon

Facebook: @tmmarathon 

Reklama

Mavzuga oid