Oq uy: AQSh Eron bilan urushga intilayotgani yo‘q
AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbining aytishicha, Vashington Isroilga tahdidlardan himoyalanishda yordam berishda davom etadi.
Qo‘shma Shtatlar Isroilga tahdidlardan o‘zini himoya qilishda yordam berishda davom etadi, lekin Eron bilan urushga yoki Yaqin Sharqdagi mojaroni kuchaytirishga intilmaydi. Bu haqda 14 aprel, yakshanba kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi Vashington Isroilning Eron havo hujumiga javoban ehtimoliy zarbasini qo‘llab-quvvatlamaydimi, degan savolga javoban aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron hujumiga qanday javob qaytarish bo‘yicha qaror Isroil tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi. Shu bilan birga, Kirbi AQSh Isroilning Eronga qarshi ehtimoliy javob operatsiyasida ishtirok etadimi, degan savolga javob berishdan qochdi.
Avvalroq Amerika OAV Oq uydagi yuqori martabali amaldorlarga tayanib, AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan suhbatda Qo‘shma Shtatlar Eronga qarshi hech qanday tajovuzkor operatsiyalarda qatnashmasligini aytganini xabar qilgandi. Shu bilan birga, u Netanyahuni AQSh Isroilni himoya qilishga sodiqligiga ishontirdi. Amerika havo hujumidan mudofaa tizimlari 14 aprelga o‘tar kechasi Eron hujumini qaytarishda ishtirok etdi.
Eronning Isroilga hujumi
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroilga havodan katta hujum uyushtirdi. Isroil mudofaa kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilishga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqchilari ularning 99 foizini, aksariyatini - mamlakat tashqarisida urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan. Faqat bir nechta raketa Isroil hududiga yetib bordi, janubdagi aviabazaga tushib, «kichik zarar» keltirdi», deyiladi TsAHAL xabarida.
Erondan tashqari, Isroilga hujumlar Yaman husiychilari, shuningdek, Iroq hududidan eronparast guruhlar tomonidan amalga oshirilgan.
10 aprel kuni Tehron Isroilga Suriya poytaxti Damashqdagi Eron konsulligi binosiga uyushtirilgan hujum uchun javob qaytarish bilan tahdid qilgan edi. Hujum oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti nafar a’zosi, jumladan, ikki general halok bo‘ldi. Shundan so‘ng Eronning oliy yetakchisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanishini» aytdi.
Mavzuga oid
11:50
AQSh sudi Maskning siyosiy lotereyasini taqiqlamadi
08:50
WSJ: Eron armiya ishtirokida Isroilga «kuchli» hujum tayyorlamoqda
14:35 / 04.11.2024
AQSh O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi
11:10 / 04.11.2024