Jamiyat | 07:27 / 22.04.2024
5044
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda Avliyoota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopilyapti
Toshkentda Avliyoota ko‘chasining bir qismi 10 kunga yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Mirobod tumani iste’molchilarining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, “Yuksak” va “Qo‘qon” podstansiyasi oralig‘idagi 110 kVli kabel tarmog‘ini yangilash ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, Mirobod tumanidagi Avliyoota ko‘chasi hamda ushbu ko‘chaning Nukus va Kichik halqa avtomobil yo‘li ko‘chalari bilan kesishmalari 22 apreldan 10 kun muddatga yopiladi.
Haydovchilarga shu vaqt oralig‘ida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.
Mavzuga oid
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
18:58 / 19.09.2024