Jahon | 10:38 / 23.04.2024
1942
2 daqiqa o‘qiladi

YeI tashqi ishlar vazirlari Eronga qarshi sanksiyalarni kengaytirishga kelishib oldi

Yevropa Ittifoqi Eronning dron ishlab chiqaruvchilariga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar rejimini raketalar va ularning Rossiyaga yetkazib berish ehtimoli bo‘yicha kengaytiradi, dedi Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari.

Foto: Dursun Aydemir/Andalou/picture alliance

Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari Rossiyaga ehtimoliy raketalar topshirilishining oldini olish uchun Eronga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqda 22 aprel, dushanba kuni Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qildi.

«Biz uchuvchisiz uchoqlarga nisbatan amaldagi sanksiyalar rejimini raketalar va ularning Rossiyaga ehtimoliy yetkazilishini o‘z ichiga olgan holda kengaytirish bo‘yicha siyosiy kelishuvga erishdik», — deya Borrelning so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, YeI nafaqat Rossiyaga, balki mintaqadagi vositachi davlatlarga ham uchuvchisiz uchoqlar va raketalarni yetkazib berish bo‘yicha cheklov choralari geografiyasini kengaytiradi. 

Eronning Isroilga hujumiga javob

Yevropa Ittifoqi Islom Respublikasiga qarshi ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatish, inson huquqlarini buzish va Rossiyaga uchuvchisiz uchoqlar yetkazib berish bilan bog‘liq bir qancha sanksiya dasturlariga ega. Biroq, ba’zi Yevropa Ittifoqi davlatlari dronlarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanksiyalar rejimini raketalar va ularni proksi-kuchlarga topshirish ehtimolini o‘z ichiga olgan holda kengaytirishga chaqirdi. 

Tehronga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishi Eronning 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga amalga oshirgan havo hujumiga javob bo‘ldi.

Isroil mudofaa kuchlari (TsAHAL) ma’lumotlariga ko‘ra, 170 ta dron, 120 dan ortiq ballistik raketalar va 30 dan ortiq qanotli raketalar mamlakatga hujum qilishga uringan, biroq Isroil va uning ittifoqchilari ularning 99 foizini urib tushirdi. G‘arb davlatlaridan tashqari bir qancha arab davlatlari Isroilga yordam berdi. Isroilga qarshi hujumlarni Erondan tashqari Yaman husiychilari, shuningdek, Iroqdagi eronparast guruhlar amalga oshirgan.

Mavzuga oid