O‘zbekiston | 08:05 / 26.04.2024
3333
1 daqiqa o‘qiladi

Elektrlashtirilgan temiryo‘llar uzunligi bo‘yicha qaysi hudud yetakchi ekani aytildi

2024 yil 1 yanvar holatiga umumfoydalaniladigan temiryo‘llar uzunligi 4,8 ming kmni tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga oshgan.

Umumfoydalaniladigan temiryo‘llar uzunligida elektrlashtirilgan temir yo‘llarning ulushi 40,1 foizni tashkil etdi.

Elektrlashtirilgan temiryo‘llarning umumiy uzunligi eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar:

  • Toshkent viloyati – 19,4 foiz;
  • Qashqadaryo viloyati – 16,5 foiz;
  • Samarqand viloyati – 12,6 foiz;
  • Namangan viloyati – 10,6 foiz;
  • Surxondaryo viloyati – 10,0 foiz.

Mavzuga oid