Jahon | 08:50 / 26.04.2024
2432
3 daqiqa o‘qiladi

Litva Seymi Rossiya va Belarus fuqarolari uchun cheklovlarni uzaytirdi

Litva parlamenti Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Rossiya Federatsiyasi va Belarus fuqarolariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi.

Foto: Ales Petrowitsch

Litva Seymi (bir palatali parlament) Rossiya va Belarus fuqarolariga nisbatan sanksiyalarni bir yilga - 2025 yil 2 maygacha uzaytirdi, deb xabar berdi dpa agentligi 25 aprel, payshanba kuni.

Eng muhim yangilik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va Rossiya yoki Belarusdan keladigan ozuqalarni Litvaga olib kirishni taqiqlash bo‘ldi, deya ta’kidlaydi Litva milliy televideniyesi. Taqiqlangan oziq-ovqat va ozuqalarning aniq ro‘yxati hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Seymning 109 deputati sanksiyalar to‘g‘risidagi qonunni uzaytirish uchun ovoz berdi, ikki nafari qarshi chiqdi, sakkiz nafari betaraf qoldi. 

O‘tgan yili qabul qilingan va bugungi kunda Ukrainadagi urush bilan bog‘liq bo‘lgan qonunga ko‘ra, rossiyaliklar va belaruslar uchun Litva vizasi va elektron rezident maqomini olish imkoniyati cheklangan, bu esa Rossiya fuqarolarining Litvaga kelish va ko‘chmas mulk sotib olish imkoniyatini yanada murakkablashtiradi, shuningdek, Litvada vaqtinchalik yashash uchun viza olishda ularning arizalari qabul qilinmaydi. 

Rossiya va Belarus fuqarolarining o‘z vataniga chiqib ketishiga cheklov ko‘rib chiqilmadi 

Parlament yig‘ilishida rossiyaliklar va belaruslarning o‘z vataniga safarlarini cheklash taklifi ko‘rib chiqilmadi, chunki buning uchun yetarli ovozlar bo‘lmadi. Shu hafta Seym tegishli takliflarga qarshi chiqdi. 

Parlamentda cheklovlarning ikkita varianti ovozga qo‘yildi. Birinchisi, o‘z mamlakatiga yiliga bir martadan ko‘proq safar qiladigan rossiyaliklar va belaruslarning yashash uchun ruxsatnomalarini bekor qilishni ko‘zda tutadi - uni yig‘ilgan 112 deputatdan 20 nafari qo‘llab-quvvatladi, 47 kishi qarshi chiqdi va 45 deputat betaraf qoldi. 

Ikkinchi taklif uch oyda bir martadan ko‘proq safarlar uchun shunga o‘xshash sanksiyalarni nazarda tutgan. Uni 41 deputat qo‘llab-quvvatladi, 37 nafari qarshi ovoz berdi, 39 nafari betaraf qoldi. Natijada variantlardan hech biri kerakli bo‘lgan ko‘pchilik ovozni ololmadi. 

Mavzuga oid