O‘zbekiston TIV rahbari Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya kecha Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan qabul qilindi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning ulkan istiqbollari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi.
Mavzuga oid
12:50 / 21.09.2024
Pokiston O‘zbekiston ishtirokidagi xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish bo‘yicha memorandumni imzoladi
14:10 / 10.09.2024
Niderlandiyada qotillikka undaganlikda ayblangan ikki pokistonlik sudlandi
15:03 / 05.09.2024
Tashqi ishlar vaziri BMT bosh kotibi maxsus vakilini qabul qildi
16:38 / 30.08.2024