Rossiyaning bir qator hududlariga dronlar hujum qildi
Rossiya Mudofaa vazirligi va mahalliy hokimiyat organlari Belgorod, Kursk, Bryansk, Rostov viloyatlari, shuningdek, Qrimga uchuvchisiz uchoqlar hujumi sodir etilgani haqida xabar bermoqda.
15 may, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukraina Amerikaning ATACMS operativ-taktik raketalari, Fransiyaning HAMMER boshqariladigan aviabombalari, Amerikaning HARM radarga qarshi raketalari, yirik kalibrli reaktiv snaryadlar va samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda Rossiyaning qator hududlariga hujum uyushtirdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubev Telegram’da yozganidek, unga ishonib topshirilgan hududda ikkita dron Proletar tumanidagi yonilg‘i omboriga hujum qildi. U yerda ikkita portlash sodir bo‘lgan, ammo uning postida aytilishicha, yonilg‘i yonib ketmagan. Qurbonlar yo‘q.
Qrimga hujum
Avvalroq Qrim «gubernatori» Mixail Razvojayev Telegram’da havo hujumidan mudofaa kuchlari «suv ustida va Belbek» aerodromi hududida» bir nechta raketalarni urib tushirgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya harbiylari Sevastopolga «katta hujum»ni qaytardi, deyiladi uning boshqa postida. Xususan, Fedorovskaya ko‘chasi hududida urilgan raketaning bo‘laklari xususiy sektorga tushgan. Bundan tashqari, raketa parchalarining qulashi Polyushko qishlog‘i hududida yong‘inga sabab bo‘ldi, deya xabar beradi Razvojayev. Bu yong‘in o‘chirildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bir kechada Qrim yarimoroli hududi uzra jami o‘nta operativ-taktik raketa urib tushirilgan.
Rossiya hududlariga hujumlar
Belgorod viloyatida Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari ikkita HARM radarga qarshi raketalarini, ikkita HAMMER boshqariladigan aviabombasini, ikkita «Olxa» YaO‘RT reaktiv snaryadini va to‘qqizta UUAni yo‘q qildi, deya xabar beradi Rossiya mudofaa idorasi.
Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumi oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili jarohatlangan: «Dubovoye qishlog‘ida to‘g‘ridan to‘g‘ri snaryadning tushishi natijasida xususiy turar joy binosi yonib ketgan – ikki kishi jabrlandi: ayolning yelkasi yaralangan, erkakda kuyish jarohati bor. Har ikki jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.
Shuningdek, tungi vaqtda Kursk viloyati osmonida beshta uchuvchisiz uchuvchisiz uchoq urib tushirildi va Bryansk viloyati hududida uchta uchuvchisiz uchuvchisiz uchish apparati tutib olindi, deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.
Mavzuga oid
23:08 / 31.10.2024
«Boshqa davlatlar ham Pxenyan kabi o‘z qo‘shinlarini Rossiyaga yuborishi mumkin» - ekspert
11:10 / 31.10.2024
AQSh Rossiya mudofaa vazirining besh o‘rinbosariga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:30 / 31.10.2024
Borrel: YeI RFdagi siyosiy qatag‘on qurbonlarini unutmaydi
22:23 / 30.10.2024