O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Rossiya TIV rahbarini tashqi siyosat idorasi yetakchisi lavozimiga qayta tayinlangani bilan tabrikladi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
"Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik. Hamkasbimni yaqinda qayta tayinlangani bilan tabrikladim", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya ikki tomonlama kun tartibidagi bo‘lajak tadbirlar jadvali doirasidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari mart oyi boshida Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan diplomatik forum davomida uchrashuv o‘tkazgan edilar.
Unda O‘zbekiston-Rossiya strategik hamkorligining iqtisodiyotdan tortib madaniy almashinuvlargacha bo‘lgan dolzarb mavzulari, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi aloqalar ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
21:58 / 05.09.2024
Lavrov «qizil chiziqlar bo‘yicha hazillashmaslik kerakligi»ni aytdi
15:03 / 05.09.2024
Tashqi ishlar vaziri BMT bosh kotibi maxsus vakilini qabul qildi
19:09 / 02.09.2024
Rossiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan ikkinchi sammitga tayyorlanmoqda
16:38 / 30.08.2024