O‘zbekiston | 11:14 / 07.06.2024
9709
1 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Shanba, yakshanba kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 34−39 darajani tashkil etishi kutilmoqda. 

Foto: Kun.uz

Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat kechalari +18...+23 daraja, 7 iyun kunduzi +32...+37 daraja, 8−9 iyunda esa +34...+39 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19...+22 daraja, 7 iyun kuni +34...+36 daraja, 8−9 iyunda esa +35...+38 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid