Fransiya bosh vaziri Rossiyani mamlakat ishlariga aralashmaslik haqida ogohlantirdi
Rossiyaning boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashuvi «yangi jahon urushiga aylanishi mumkin», dedi Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal.
Fransiya bosh vaziri Gabriel Attal Rossiyani boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik haqida qattiq ogohlantirdi. «Ushbu aralashuv bizning yangi jahon urushimizga aylanishi mumkin», dedi Attal 6 iyun, payshanba kuni France 2 radiosiga bergan intervyusida. Fransiya bosh vaziri Rossiya Federatsiyasining harakatlarini «bizni bo‘lmoqchi bo‘lgan tashqaridan manipulyatsiya» deb atadi.
Rossiya aralashuvi «jamoatchilik fikrini manipulyatsiya qilishga urinish bo‘lgan zahardir», dedi Attal. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi Fransiya xavfsizligiga «yangi, gibrid shaklda» tahdid solmoqda.
Rossiya aralashuviga misollar
Rossiya aralashuviga misol sifatida, Attal yaqinda Eyfel minorasi ostida fransuz bayrog‘i va «Ukrainaning fransuz askarlari» yozuvi tushirilgan tobutlar paydo bo‘lgan holatga ishora qildi.
Fransiya bosh vaziri keltirgan Rossiya provokatsiyasining yana bir misoli, oktyabr oyi oxirida, Isroilning HAMAS harakatiga qarshi urushi boshlanganidan ko‘p o‘tmay, Parijdagi uylarda Dovud yulduzlari tasvirlangan graffitilar paydo bo‘lganiga taalluqli.
Fransiya chet el aralashuviga qarshi kurashmoqchi
Fransiya parlamentining quyi palatasi - Milliy assambleya mart oyi oxirida chet el aralashuviga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjatda xorijiy manfaatlarni ilgari surish bilan shug‘ullanuvchi xorijliklarning maxsus reyestrda ro‘yxatdan o‘tish majburiyati, shuningdek, bunda gumon qilinayotgan shaxslarning aktivlarini muzlatish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, qonun loyihasi potensial xorijiy agentlarni algoritmik tarzda internet-kuzatuvidan foydalanishga imkon beradi, deb ta’kidladi Le Monde gazetasi.
Mavzuga oid
20:58 / 12.11.2024
Fransiyadagi yirik ommaviy axborot vositalari X ijtimoiy tarmog‘ini sudga berdi
17:50 / 06.11.2024
Makron Tramp g‘alabasidan keyin Fransiya va Germaniya maqsadlarini aytdi
21:44 / 05.11.2024
Netflixʼning Parij va Amsterdamdagi ofislarida tintuv o‘tkazildi
18:52 / 05.11.2024