Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashib ketdi
Hodisa bahsli Jenay rifi hududida yuz bergan.
Dushanba kuni Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda Xitoy kemasi va Filippin ta’minot kemasi to‘qnashib ketdi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi qirg‘oq qo‘riqlash boshqarmasi xabarida aytiladi.
Bayonotga ko‘ra, Filippin kemasi Jenay rifiga tutash suvlarga (Filippinda Ikkinchi Tomas yo‘nalishi deb ataladi) «noqonuniy ravishda kirib kelgan».
«Filippin kemasining Xitoy tomoni bir necha marta ogohlantirishlariga qaramay va suvdagi hodisalar oldini olish bo‘yicha xalqaro qoidalarni buzgan holda Xitoy navigatsiya kemasiga xavfli yaqinlashgani to‘qnashuvga sabab bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Pekin Ikkinchi Tomas yo‘nalishini o‘zining akvatoriyasi deb biladi.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024