Jamiyat | 11:54 / 27.06.2024
6731
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xaridor ayolga shilqimlik qilgan tarvuz sotuvchi qamaldi

Mast holatdagi 34 yoshli erkak tarvuz sotib olishga kelgan xaridor ayolga tegajoqlik qilib, uning tana a’zolarini ushlagan. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Toshkent shahrida tarvuz sotuvchi erkak ma’muriy jazoga tortildi. U begona ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Kun.uz o‘rgangan sud hujjatida keltirilishicha, holat 2024 yil 25 iyun kuni bo‘lgan. Chilonzor tumanining Algoritm mavzesi, Zargarlik ko‘chasida tarvuz sotayotgan, 1990 yilda tug‘ilgan U.I. mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan xaridor ayolning belidan past qismini ushlab, shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sudda so‘ralgan erkak aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan pushaymonligini bildirgan hamda suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan. 

Sud qaroriga ko‘ra, U.I. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik) hamda 194-moddasining 1-qismida (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Mavzuga oid