O‘zbekiston | 10:30 / 29.06.2024
7612
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda institutning qo‘shimcha binosi yonib ketdi

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Binoning tom qismida 100 metr kvadrat joy yonib ketgan.

Andijon tumanida joylashgan institutning qo‘shimcha binosi yonib ketgan. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 28 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Shu kuni soat 20:52 larda viloyat FVBga Andijon tumanida joylashgan Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hududidagi, hozirda foydalanilmay kelinayotgan qo‘shimcha binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi xaqida xabar kelib tushgan.

Xabar olingandan so‘ng hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan va yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida, binoning 100 metr kvadrat tom qismi yonib zararlangan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. 

 

Mavzuga oid